Jaholatga qarşi — ma’rifat”

Samarqand davlat pedagogika institutida yoşlar örtasida soğlom ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlaş, ularni turli yot va zararli ğoyalardan asraş, ilm-fan va kitobxonlikka bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida “Jaholatga qarşi — ma’rifat” ğoyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
Unda institutning mas’ul rahbarlari, Samarqand viloyati hokimligi Din işlari böyiça boşqarma boşliği S. Boymurodov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bölimi rahbari X. Kubayev, fakultet dekan örinbosarlari, guruh tyutorlari, professor-öqituvçilar, xodimlar hamda 350 nafar talaba-yoş iştirok etdi.
Tadbirda “Jaholatga qarşi — ma’rifat” ğoyasining mazmun-mohiyati, yoşlar tarbiyasidagi örni va ahamiyati haqida fikr almaşildi. Ilm oliş, kitob mutolaasi, mustaqil va tanqidiy fikrlaş yoşlarni turli asossiz qaraşlar hamda zararli ğoyalardan himoya qiluvçi muhim omillar ekani ta’kidlandi.
Şuningdek, yoşlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlaş, ularni ezgu maqsadlar sari yönaltiriş, bunyodkorlik ruhida tarbiyalaş hamda ilm-ma’rifatga bölgan intilişini yanada kuçaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.