Urganç davlat universitetida “1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi

30.09.20261

Urganç davlat universitetida “1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi

           

Urganç davlat universitetida 1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-öqituvçilar, murabbiylar, xodimlar hamda talabalar iştirokida tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.

Tadbirda ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyoti, yoş avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalaş, ularga puxta bilim va könikmalar berişdagi beqiyos örni alohida e’tirof etildi. Ustozlarning köp yillik fidokorona mehnati, ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali faoliyati va yoşlar kamolotiga qöşayotgan munosib hissasi yuksak qadrlanişi ta’kidlandi.

Bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan professor-öqituvçilar va murabbiylarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning şarafli va mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi. Ta’lim fidoyilarining mehnatini e’zozlaş, ularning nufuzini yanada oşiriş hamda ustoz-şogird an’analarini davom ettiriş muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Tadbir davomida universitetning faol va fidoyi professor-öqituvçilari hamda xodimlari munosib taqdirlandi. Ularning ta’lim jarayonidagi samarali faoliyati, ilmiy-pedagogik yutuqlari va universitet rivojiga qöşayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Bayram tadbiri kötarinki kayfiyatda davom etib, universitetning iqtidorli talabalari va san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, badiiy çiqişlar hamda sahna körinişlari yiğilganlarga bayramona zavq ulaşdi.

Tadbir yakunida barça ustoz va murabbiylarga mustahkam soğlik, oilaviy xotirjamlik, şarafli kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi ilmiy va pedagogik yutuqlar tilandi.

Aziz ustoz va murabbiylar! Kasb bayramingiz muborak bölsin!