Joriy yilning 25–26-sentyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” IV xalqaro festivali yuqori saviyada taşkil etildi.

02.10.20261

Joriy yilning 25–26-sentyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” IV xalqaro festivali yuqori saviyada taşkil etildi.

    

Uşbu nufuzli tadbir Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Turizm boşqarmasi, Ellikqal’a tumani hokimligi hamda qator taşkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ötkazildi. “Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” ezgu şiori ostida ötgan festival mintaqadagi turizm, yoşlar siyosati, ilm-fan va san’atning haqiqiy bayramiga aylandi.

“Sahro sadosi” xalqaro festivalining boş maqsadi– Qoraqalpoğiston Respublikasi, xususan, Ellikqal’a tumanining betakror tarixiy-madaniy, ziyorat, gastronomik va ekologik turizm salohiyatini dunyoga namoyiş etiş, mahalliy hunarmandçilik an’analarini qöllab-quvvatlaş va hududga xorijiy investitsiyalar hamda turistlar oqimini köpaytirişdan iborat.


Festival doirasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ötkazilgan “Zakovat” intellektual öyini yoşlarning bilim va tezkor fikrlaş qobiliyatini namoyiş etdi. Aqçaköl turistik majmuasi sohilida talaba-yoşlar örtasida sportning voleybol, futbol, kuraş, arqon tortiş hamda şaxmat-şaşka turlari böyiça musobaqalar ötkazildi.

Festival doirasida iştirokçilar mintaqaning eng qadimiy va noyob arxeologik yodgorliklaridan biri - Tuproqqal’a va Ayozqal’a arxeologik meroslariga sayohat qildilar. Tuproqqal’a hududida ötkazilgan tasviriy san’at tanlovi iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Şuningdek, Xivadagi “Içan qal’a” tarixiy majmuasiga ham ekskursiya taşkil etildi.

Festivalning yakuniy qismi Ellikqal’a tumani amfiteatrida ötkazilgan muhtaşam konsert dasturi va taqdirlaş marosimi bilan yakunlandi.