Rus tilini öqitişda yangi texnologiyalar böyiça seminar ötkazildi

Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Rus tilini xorijiy til sifatida öqitişda yangi texnologiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi.
Konferensiyada raqamli ta’lim platformalari orqali madaniyatlararo muloqotni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni dars jarayoniga integratsiya qiliş hamda interaktiv yondaşuvlar böyiça taqdimot va muhokamalar ötkazildi.
Şuningdek, Rossiyaning bir qator oliy ta’lim muassasalari vakillari talabalar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ta’lim imkoniyatlari va zamonaviy öquv dasturlari haqida ma’lumot berdilar.
Konferensiyaning amaliy qismida professor-öqituvçilar va talabalar uçun zamonaviy öquv adabiyotlari bilan işlaş böyiça mahorat darsi taşkil etildi.