“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining hududiy bosqiçi bölib ötdi

07.10.20261

“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” tanlovining hududiy bosqiçi bölib ötdi

           

Bugun, 7-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida oliy ta’lim taşkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini oşiriş, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyani keng tarğib etiş hamda sohada faoliyat yuritayotgan mas’ul rahbar va pedagoglarni rağbatlantiriş maqsadida “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining hududiy bosqiçi ötkazildi.

Tanlov doirasida iştirokçilar ikki şart asosida özaro bellaşib, ma’naviy-ma’rifiy bilim va könikmalarini namoyiş etdilar. Yakunda munosib natijalarni qayd etib, faxrli örinlarni egallagan ğolib va sovrindorlar taşkilotçilar tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

Mazkur tanlov nafaqat iştirokçilarning ma’naviy-ma’rifiy bilim va salohiyatini namoyon etiş maydoni, balki milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiya tarğibotini yanada kuçaytiriş hamda ilğor tajribalarni ommalaştirişga xizmat qiluvçi muhim ma’rifiy taşabbus böldi.