“Korrupsiyaga qarşi birgalikda kuraşamiz – halollik va adolat taraqqiyot poydevori!”

Bugun Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakultetida talaba-yoşlar iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, uning oldini oliş hamda ta’lim muassasalarida halollik va şaffoflik tamoyillarini mustahkamlaşga bağişlangan oçiq muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvda Universitet Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplaens-nazorat” tizimini boşqariş bölimi xodimlari, fakultet manaviy marifiy işlar buyiça dekan urinbosari S.Syunov va fakultet tyutorlari G.Qodirova va F. Berdiyeva hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar.
Oçiq muloqot davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini oliş mexanizmlari, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, şuningdek, talaba-yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarşi kuraşiş — har birimizning burçimiz.