Özbek tili bayrami — milliy ğurur, ma’rifat va özlik timsoli!

21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan yurtimiz böylab ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi va milliy özligimizni ifoda etuvçi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng nişonlanmoqda.
Şu munosabat bilan Toşkent şahridagi Adiblar xiyobonida özbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, özbek adabiy tilining rivojiga ulkan hissa qöşgan mutafakkir va davlat arbobi hazrat Alişer Navoiy haykali poyiga gul qöyiş marosimi taşkil etildi.
Marosimda Ta’lim va ilm-fan vazirligi jamoasi, soha vakillari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari, professor-öqituvçilar, talabalar hamda öquvçilar iştirok etib, ona tilimizga bölgan yuksak hurmat va ehtiromlarini namoyon etdilar.