V Paraosiyo öyinlarida tarixiy natija qayd etgan para atletlarimiz Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

26.10.20261

V Paraosiyo öyinlarida tarixiy natija qayd etgan para atletlarimiz Toşkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

      

Bugun Toşkent xalqaro aeroportining 3-terminalida Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida bölib ötgan V Paraosiyo öyinlarida iştirok etib, tarixiy natijaga erişgan Özbekiston sport delegatsiyasini tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi.

Tantanali marosimda Paraosiyo öyinlari ğolib va iştirokçilariga Özbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan öqib eşittirildi. Harbiy orkestr ijrosida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, Milliy gvardiya bayroqdorlari saf tortdi.
 

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari böyiça maslahatçisi - Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Prezidentning sport böyiça vakili Odil Abdurahmonov, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, sport vaziri Adkham Ikramov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari, Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva, Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzakov, Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev, Milliy olimpiya qömitasi raisining birinçi örinbosari Otabek Umarov hamda Milliy paralimpiya qömitasi raisi Muxtorxon Taşxodjayev iştirok etdi.

Marosim davomida V Paraosiyo öyinlari qahramonlariga bağişlangan maxsus videorolik namoyiş etildi.

Tantanali tadbirda Özbekiston sport delegatsiyasi bayroqdorlari, para velosport böyiça jahon va Paraosiyo öyinlari çempioni Marjona Pardaboyeva, para suziş böyiça Paraosiyo öyinlari çempioni Azizbek Boynazarov hamda Paraosiyo öyinlarida uçta oltin medalni qölga kiritgan Xurşid Kodirovning onasi Kamola Xidirboyeva va murabbiylar sözga çiqib, yurtimizda sportçilarga körsatilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar uçun Davlatimiz rahbariga minnatdorçilik bildirişdi.

Eslatib ötamiz, joriy yil 18-24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötkazilgan V Paraosiyo öyinlarida Özbekiston 11 ta sport turi böyiça 149 nafar para atlet bilan iştirok etdi. Osiyoning 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ortiq sportçi qatnaşgan musobaqalarda 18 ta sport turi böyiça 490 ta medal jamlanmasi uçun bahslar olib borildi.



Özbekiston sport delegatsiyasi musobaqalarni 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza, jami 145 ta medal bilan yakunladi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uçinçi örinni egallab, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yaxşi natijani qayd etdi.

E’tiborlisi, Özbekiston delegatsiyasi uşbu natija bilan Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi hamda islom davlatlari orasida birinçi örinni egalladi.

Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qöşiqlar ijro etilib, iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşildi.