Auditoriyadan işlab çiqariş maydonigaça: kelajak muhandislari qadami!

Neft va gaz sanoati taraqqiyoti zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitgan malakali muhandislarga boğliq. Buxoro davlat texnika universiteti — mamlakatimizda dual ta’limni rivojlantiriş va işlab çiqariş bilan integratsiyalaşgan ta’limni yölga qöyişda ilğor oliygohlardan biridir.
Bugungi kunda universitetda 812 nafar talaba dual ta’lim asosida tahsil olib, kasbiy bilim va könikmalarini rivojlantirmoqda. Jumladan, Ilğor muhandislik maktabining Gazni çuqur qayta işlaş texnologiyasi hamda Neft va neft-gazni qayta işlaş texnologiyasi yönalişlarida tahsil olayotgan 50 nafardan ziyod talaba dual ta’lim dasturi asosida soha korxonalarida amaliy tajriba orttirmoqda.
Talabalar Kogon magistral gaz quvurlari boşqarmasi hamda “Buxoro neft bazasi” MÇJ va “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida amaliy tajriba orttirmoqda. Uşbu korxonalarda kafedra filiallari ham taşkil etilgan bölib, talabalar işlab çiqariş jarayonida kasbiy könikmalarini rivojlantirmoqda.