TDIU talabalari xorijiy davlatlarda joylaşgan Özbekistonning elçixona va boş konsulliklarida amaliyot ötaş imkoniyatiga ega bölişdi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 551-sonli qaroriga asosan Oliy ta'lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning işlab çiqariş amaliyotini bevosita Özbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida ötaşini tizimli ravişda taşkil etiş mexanizmi yaratilgan.

Şu munosabat bilan, Taşqi işlar vazirligi tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida yuqori malakali va raqobatdoş kadrlarni tayyorlaş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş maqsadida Oliy ta'lim muassasalarining xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalari örtasida tanlov ötkazildi.

Tanlov yakuniga köra, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakultetining 3-bosqiç talabalari:
1. Mirxamdamov Mirafzal Mirzohid öğli;
2. Husanov Islombek Elbek öğli;
3. Saydaliyeva Lazizaxon Uluğbek qizi;
4. Esanov Akromjon Anvar öğli ğolib deb topildi hamda Germaniya, Latviya va Tojikiston davlatlarida joylaşgan Özbekistonning elçixona va boş konsulliklarida amaliyot ötaş imkoniyatiga ega bölişdi.
Talabalarimizni uşbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!