Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz
Andijon davlat çet tillari instituti Roman-german va slavyan fakultetida talaba-yoşlar orasida turli yot ğoyalarga aldanib qoliş, diniy ekstremizm, fundamentalizm, aqidaparastlikni oldini oliş, ilm olişga bölgan qiziqişlarini oşiriş maqsadida “Xavfsiz talaba” oyligi doirasida “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz!” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Uşbu davra suhbati Roman-german va slavyan fakulteti dekan örinbosari B.Botirov hamda institut profilaktika inspektorlari B.Xodjayevlar tomonidan taşkil qilindi. Unda Diniy işlar böyiça qömitaning Andijon viloyati bölimi mutaxassislari hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar.

Suhbat davomida talaba-yoşlar tomonidan turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qoliş holatlari kuzatilayotgani, diniy aqidaparastlikning turli körinişlari, bugungi kunda yurtimizda taʼlim oliş, ilm egallaşga yaratib berilgan imkoniyatlar hamda ulardan unumli foydalaniş haqida fikr-mulohazalar bildirildi.