Xandong Global universiteti vakillari bilan uçraşuv: Akademik hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari

08.10.20243

    Xandong Global universiteti vakillari bilan uçraşuv: Akademik hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari

     Oliy maktabda Koreyaning Xandong Global universiteti vakillari J.An va K.Kim örtasida uçraşuv bölib ötdi. Muhokamadan közlangan asosiy maqsad oliy öquv yurtlari örtasidagi akademik aloqalarni, jumladan, professor-öqituvçilar va tinglovçilar almaşinuv dasturlari orqali kengaytiriş böldi.
    Koreyalik professor J. An universitetlar örtasidagi 10 yillik muvaffaqiyatli hamkorlikni ta’kidlab, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş muhimligini aytib ötdi. Qöşma dastur va yangi loyihalar orqali hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.

    Uçraşuvda ta'lim dasturlariga sun'iy intellektni (AI) joriy etişga alohida e'tibor qaratildi, mutaxassisning fikriça, bu ta'lim beriş jarayonini modernizatsiya qilişda muhim qadam böladi.

    Özbekiston tomoni hamkorlikni faol kengaytirişga tayyorligini bildirdi. Buning doirasida Koreya Respublikasida Özbekiston işbilarmon doiralari va bank-moliya sektori vakillari uçun qisqa muddatli ta

    ’lim kurslarini taşkil etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Koreya tomoni, Xandon universiteti tomonidan taqdim etilgan öquv qöllanmalarini katta qiziqiş bilan foydalanayotgan magistratura tinglovçilariga minatdorçilik bildirdi. Şuningdek, ularni qiziqişini ortiriş maqsadida darsliklardan bugungi kundagi foydalaniş darajasini tahlil qiliş, kutubxona fondlarini yangilaş rejalaştirilgan.

    Uçraşuv yakunida har ikki tomon hamkorlikni yanada rivojlantiriş va hamkorlikning yangi, yanada samarali darajasiga ötiş tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.