Universitetiga taşrif
23-oktabr kuni Toşkent şahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boşçiligidagi universitet vakillari Toşkent şahridagi Amerika Texnologiya Universitetiga (ATU) taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida AUT rektori professor Dr.Said Irandoust bilan uçraşuv bölib ötdi, unda tomonlar hamkorlik va bilim almaşiş istiqbollarini muhokama qildilar.
Uçraşuvda rektorlar texnologik ta’lim sohasidagi rivojlanişning asosiy yönalişlari, amalga oşirilişi mumkin bölgan qöşma dastur va taşabbuslarni muhokama qildilar. Ta’limning innovatsion yondaşuvlarini integratsiyalaş, ilmiy loyihalarni işlab çiqiş, şuningdek, mutaxassislar tayyorlaş uçun şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratildi.


