Ilm-fan va ta’lim sohasidagi istiqbollar muhokama qilindi
Fizika oldidagi muammolarni tahlil qiliş, xorijiy davlatlar va mamlakatimizda olib borilayotgan ilmiy izlanişlar bilan tanişiş, olimlar va yoş tadqiqotçilar örtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, uşbu fanning zamonaviy muammolari va rivojlaniş istiqbollarini belgilaş har doim muhim ahamiyatga ega bölib kelgan.
Ikki kun davomida Namangan davlat universiteti taşabbusi bilan Namangan şahridagi “Yoşlar markazi”da ötkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ham ayni şunga qaratildi. Nufuzli konferensiyada respublikamizning yetuk fizik olimlari, akademiklari, şuningdek, Belarus, Rossiya Federatsiyasi, Çexiya, Malayziya, Meksika, Marokaş, Turkiya, Xitoy, Quvayt kabi xorijiy davlatlarning taniqli ekspert-mutaxassis olimlari iştirok etdi.
Unda Özbekiston Fanlar akademiyasi a’zolari, ilmiy tadqiqot institutlari yetakçi olimlari, xorijiy davlatlar va respublikamizdagi oliy öquv yurtlari professor-öqituvçilari, yoş izlanuvçilar hamda talabalar ham qatnaşganligi uning dolzarbligini yanada oşirdi.
Professor-olimlarning sohadagi yangi texnologiyalar, nazariy va eksperimental fizikadagi yutuqlarga oid ma’ruzalari tinglandi. Ularda bildirilgan ğoya va takliflarni muhokama qiliş orqali ilm-fan va ta’lim sohasida yangi tendensiyalar belgilab olindi.
– Tanlagan mutaxassisligimizga oid xalqaro darajadagi anjumanni aynan Namanganda taşkil etilgani biz kabi yoş kadrlar uçun ayni muddao böldi. Unda yetakçi olimlar bilan yaqindan suhbatlaşib, ilmiy işlarimizni yanada mustahkamlaşga oid qimmatli tavsiyalarga ega böldik, – deydi Namangan davlat universiteti fizika fakulteti birinçi bosqiç magistranti Sarvinoz Şamsiddinova. – Ayniqsa, yarimötkazgiçlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari hamda zamonaviy tadqiqot usullari, optoelektronika va optik signallarni qayta işlaş texnologiyasi, yadro, yuqori energiyali va kosmik zarralar fizikasining muammolari va istiqbollari xususida foydali ma’lumotlar oldik.


Ilmiy-tahliliy munozaralarga boy tarzda davom etgan şö’ba yiğilişlarida samarali taklif-mulohazalar örtaga taşlandi. Konferensiya yakunida, mavjud zamonaviy tadqiqot qurilmalaridan hamkorlikda foydalaniş, özaro hamkorlik şartnomalari asosida yoş tadqiqotçilarning ilmiy izlanişlariga yordam beriş, Prezidentimiz tomonidan yoşlarga berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalaniş hamda iqtidor sohiblarini xorijiy va respublikamizning yetakçi markazlariga ilmiy tadqiqotlar olib boriş uçun köproq jalb etişga kelişib olindi.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), ÖzA.