Yurt bayroği — milliy ğurur, tinçlik, hamjihatlik timsoli
18-noyabr - Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan yuriş marafoni bölib ötdi.
Navoiy davlat universiteti taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbir viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bölimi hamda Içki işlar boşqarmasi hamkorligida ötkazildi. Unda talabalar, professor öqituvçilar, içki işlar xodimlari, harbiylar hamda vatanparvar yurtdoşlarimiz hamrohligida şahar böylab bayroq bilan yuriş marafoni barçaga kötarinkilik bağişlab, dillarda şukronalik, milliy ğurur, faxr va iftixor tuyğularini mujassam etdi.