Huquqiy bilimlar va ijodiy ifoda
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bağişlangan ma’rifiy va madaniy tadbir ötkazildi. Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati talabalarga yetkazilib, huquqiy ongni yuksaltiriş va asosiy qonunning jamiyat hayotidagi örnini keng tarğib qiliş maqsad qilingan.
Tadbir davomida talabalarning faolligini oşirişga qaratilgan qator taşabbuslar amalga oşirildi. Jumladan, “Konstitutsiyam - qomusim, faxrim!” heştegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda ijodiy fotolar va videoroliklar joylaştirilib, yoşlarning Konstitutsiya haqidagi tuşunçalari va bilimlarini keng ommaga namoyiş etiş imkoniyati yaratildi. Şuningdek, “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” şiori ostida şahar va tumanlardagi davlat organlariga sayohatlar taşkil etilib, talabalar davlat boşqaruvi tizimi bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega bölişdi.
Universitetda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy özgarişlari va ularning ahamiyatini tuşuntirişga bağişlangan davra suhbatlari ötkazilib, talabalar huquqşunos mutaxassislardan özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi. Tadbir yakunida esa “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual öyini ötkazilib, talabalar orasida huquqiy bilimlarni mustahkamlaş va rağbatlantirişga xizmat qiluvçi viktorina taşkil etildi. Eng faol iştirokçilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoş avlodning huquqiy savodxonligini oşiriş, Konstitutsiya kunining ahamiyatini çuqurroq anglaş hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşirişga qaratilgan muhim qadam böldi.