“Beş taşabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqiçi boşlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi taşabbusi bilan Qarşi davlat universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqiçiga start berildi. Joriy yildagi musobaqalar Qarşi davlat universiteti va Qaşqadaryo viloyatining boşqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida ötkazilmoqda.
“Beş taşabbus olimpiadasi” final bosqiçining tantanali oçiliş marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi rahbarlari, Qaşqadaryo viloyati hokimligi vakillari, şuningdek, sport sohasida e’tirof etilgan mutaxassislar marosimning faxriy mehmonlari sifatida taşrif buyurdi.
Tantanali marosimda mas’ullar musobaqada qatnaşuvçi barça sportçi-talabalarni qizğin qutlab, ularga omad va muvaffaqiyat tiladilar. Sözga çiqqanlar uşbu olimpiada yoşlarning iqtidorlarini yuzaga çiqariş, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab ötdilar.
“Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida musobaqalar oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol turlari böyiça tört bosqiçda ötkazilmoqda.



