Institutda yangi startap loyiha iş boşladi

18.12.20243

      Institutda yangi startap loyiha iş boşladi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti iqtidorli talabasi Qodirqulova Fotima Uluğbek qizining “Lentil çips - sof va tabiiy mahsulot” startap loyihasi öz faoliyatini boşladi.
    Uşbu startap loyiha joriy yilda Samarqand viloyat hokimi taşabbusi bilan  respublikamizning barça yoşlarining innovatsion ğoyalari va startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazilgan “Startap loyihalar tanlovi”da  moliyalaştirişga tavsiya etilgan va uşbu loyihani qöllab quvvatlaşi va amalga oşirişi uçun Samarqand viloyati Asaka bank AJ ga biriktirilgan edi. 
    Uşbu startap loyihani kiçik hajmda tajriba-sinov tariqasida amalga oşiriş maqsadida institut hududidan alohida xona ajratilib kerakli jihoz va vositalar bilan jihozlandi.
    Özbekiston Respublikasida ilk bor antioksidant va vitaminlarga boy bölgan dukkakli don ekinlaridan biri bölgan yasmiq ösimligi donini qayta işlab,  inson organizmi uçun xavfsiz bölgan ekologik sof toza va tabiiy lentil çips mahsulotlarini işlab çiqiş startap loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.