Samarqand davlat universiteti talabasi Jahon çempionatida tarixiy natijaga erişdi!
Serbiyaning Niş şahrida bölib ötgan boks böyiça kattalar örtasidagi Jahon çempionatida Samarqand davlat universiteti talabasi Navbahor Hamidova 66 kg vazn toifasida yurtimiz şarafini himoya qildi.
Navbahor final bahsida Olimpiya va Jahon çempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga qarşi ringga çiqib, murosasiz kuraş olib bordi. Garçi u hal qiluvçi jangda raqibiga imkoniyatni boy bergan bölsa-da, kumuş medalni qölga kiritib, özbek boksi tarixida yangi sahifa oçdi. U kattalar örtasidagi Jahon çempionati finaliga çiqqan ilk özbekistonlik boksçi qiz sifatida tarixiy natijaga erişdi.
Bu muvaffaqiyat nafaqat Navbahor Hamidova uçun, balki butun Özbekiston xalqi uçun katta yutuq böldi.

