JIDUda “Zakovat” intellektual öyinining fakultetlararo bosqiçi bölib ötdi

03.11.20253

JIDUda “Zakovat” intellektual öyinining fakultetlararo bosqiçi bölib ötdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar örtasida intellektual salohiyatni oşiriş, yoşlarni mustaqil fikrlaşga hamda jamoada işlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan “Zakovat” intellektual öyinining fakultetlararo bosqiçi bölib ötdi.

       

Uşbu bosqiçda universitetning barça fakultetlaridan jami 113 ta jamoa faol iştirok etdi. Öyin davomida iştirokçilarga turli yönalişlardagi savollar taqdim etilib, jamoalar aql-zakovat, bilim hamda jamoaviy işlaş qobiliyatlarini namoyiş etdilar.

         

 Bellaşuv natijasiga köra, eng yuqori natija körsatgan 10 ta jamoa universitet bosqiçiga yöllanma oldi.
Tadbir doirasida taşkilotçilar tomonidan yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş va ularni faol hayot pozitsiyasiga ega bölişga undaş maqsadida qator taşabbuslar ilgari surildi. Şuningdek, “Zakovat” öyini nafaqat bilimni sinovdan ötkaziş, balki talabalar örtasida döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.