“Kelajak soati” doirasida Andijon davlat universitetida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy tadbir ötkazildi

04.11.20253

“Kelajak soati” doirasida Andijon davlat universitetida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy tadbir ötkazildi

Bugun, 2-noyabr kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoşlarda şaxsiy xavfsizlik tuşunçasini töğri anglaş, uni himoya qiliş könikmalarini şakllantiriş maqsadida “Kelajak soati” rukni doirasida “Xavfsiz hayot” mavzusida ma’rifiy dars tarzidagi tarğibot tadbiri ötkazildi.

        

Tadbir avvalida ma’ruzalar zalida FVB xodimlari hamda universitetning professor-öqituvçilari tomonidan şaxsiy xavfsizlik, uning turlari, xavf omillarini aniqlaş va ularni bartaraf etiş yöllariga bağişlangan mazmunli ma’ruzalar tinglandi. Şuningdek, talabalar öz hayoti va atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlaş masalalariga oid taklif va fikr-mulohazalarini bildirişib, ular atrofliça muhokama qilindi.

          

Şuningdek, tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining yonğin-qutqaruv otryadi mas’ullari tomonidan iştirokçilarga turli sinov jihozlaridan foydalaniş tartibi va xavfsizlik yöriqnomalari batafsil tuşuntirildi. Talabalarga yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş, özini va boşqalarni favqulodda vaziyatlarda himoya qiliş böyiça zarur amaliy könikmalar namoyiş etilib, ularni mustahkamlaş böyiça tavsiyalar berildi.