Agrobiologiya fakulteti talabalari “Döstlik elçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi

Agrobiologiya fakultetining “Dorivor ösimliklarni yetiştiriş va qayta işlaş texnologiyasi” ta’lim yönalişi 2-bosqiç talabalari Mannopova Umidaxon Abdullaxat qizi va Ergaşboyeva Feruzaxon Hayatillo qizi Toşkent şahrida bölib ötgan “Millatlar mozaikasi – 8 davlat, 1 sahna, 1 qalb” xalqaro ilmiy festivalida faol iştirok etdilar.

Talabalarimizning ilmiy maqolalari va xalqaro miqyosdagi taşabbuslari e’tirof etilib, Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasining 2025-yil 10-sentabrdagi 77-sonli buyruğiga asosan ular “Döstlik elçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandilar.
Festival doirasida taqdim etilgan nufuzli hujjatlar:
1-darajali diplom
XDP guvohnomasi
Rossiya Akademiyasi guvohnomasi “Döstlik elçisi” nişoni
“Namunali oila” medali – ota-onalariga
Sertifikat va rahmatnoma
Ilmiy rahbarlar faxriy e’tirof bilan taqdirlandi:
Mannopova Umidaxonning ilmiy rahbari – Qişloq xöjalik ekinlari seleksiyasi, uruğçiligi va dorivor ösimliklarni yetiştiriş kafedrasi öqituvçisi Ğoipova Parizod Muxtor qizi – faxriy guvohnoma bilan;
Ergaşboyeva Feruzaxonning ilmiy rahbari – “Ösimlikşunoslik, soya va moyli ekinlar” kafedrasi dotsenti Xoldarova Dilfuzaxon Ergaşboyevna – faxriy guvohnoma bilan taqdirlandi.