Ar-Riyoddan qaytgan muzaffar dzyudoçilarimiz tantanali kutib olindi

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi dzyudo sport turi böyiça yuksak natijalarga erişdi. Hamyurtlarimiz musobaqa yakunida 5 ta oltin, 3 ta kumuş va 1 ta bronza medalini qölga kiritişdi.
Quvonarlisi, uşbu nufuzli musobaqada Özbekiston davlat sport akademiyasi talabasi Umida Nigmatova ham munosib iştirok etib, 2 ta kumuş medal sovrindori böldi.
Ar-Riyoddan ğalaba bilan qaytgan sportçilarimizni Vatanimizda tantanali tarzda kutib oliş marosimi bölib ötdi. Uşbu yutuqlar mamlakatimiz sportçilari xalqaro maydonda tobora yuqori çöqqilarni zabt etayotganining yaqqol isbotidir.