“Korrupsiya – kelajakka tahdid!” tanlovi ğoliblari taqdirlandi

05.12.20253

“Korrupsiya – kelajakka tahdid!” tanlovi ğoliblari taqdirlandi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning huquqiy savodxonligini oşiriş, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararlarini yoritiş va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida taşkil etilgan “Korrupsiya – kelajakka tahdid!” mavzusidagi inşolar va videoroliklar tanlovi öz yakuniga yetdi.

         

Tanlov universitet miqyosida katta qiziqiş uyğotib, 100 dan ortiq inşo va videoroliklar hakamlar hay’atiga taqdim etildi. Işlar mazmunining dolzarbligi, yondaşuvning kreativligi, mavzuning töliq oçib berilişi hamda ijodiy yondaşuv mezonlari asosida baholandi.

         

Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov talablariga eng mos kelgan eng yaxşi işlar saralab olindi va ğoliblar aniqlanib, ularga diplomlar hamda pul mukofotlari tantanali ravişda topşirildi.