Korrupsiyaga qarşi kuraşiş – barçamizning burçimiz!

09.12.20253

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş – barçamizning burçimiz!

Bugun Samarqand davlat pedagogika institutida 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni” munosabati bilan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş – barçamizning burçimiz!” mavzusida oçiq eşiklar kuni tadbiri ötkazildi.

Tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand şahar kengaşi deputati Şahzoda Negmatova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand şahar bölinmasi rahbari, ÖzLiDeP Samarqand şahar kengaşi deputati Nigora Sadinova, Samarqand şahar “Marhabo” MFY raisi, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand şahar kengaşi deputati Anjelika Saradjanova, institut prorektorlari, bölim boşliqlari, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdilar.

     

Oçiq eşiklar kuni Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangraşi bilan boşlandi.

Tadbirni institut rektori Şahzoda Negmatova kiriş sözi bilan oçib berib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini oliş böyiça tizimli yondaşuvning ahamiyati hamda korrupsiyaga mutlaqo murosasiz munosabatda böliş zarurligini alohida ta’kidladi.

Şundan söng tadbir mehmoni Nigora Sadinova sözga çiqib, korrupsiya illatining oqibatlari va unga qarşi kuraşişning dolzarbligi borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

       

Tadbir davomida SamDPI Korrupsiyaga qarşi kuraşiş — “Komplayens nazorat” tizimini boşqariş bölimi boşliği Samariddin Bobomurodov 2025-yil davomida institutda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida amalga oşirilgan işlar, taşkil etilgan tadbirlar, ötkazilgan tanlovlar va yillik faoliyat böyiça hisobotni taqdim etdi.

Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi doirasida ötkazilgan tanlovlar ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.