Özbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti tyutori Gulnoza Qodirova rahbarligida talabalar bilan ma’rifiy sayohat uyuştirildi.

Tyutor Qodirova G. rahbarligida yoşlarga Toşkent şahridagi qator tarixiy va madaniy ob’yektlarga boriş, ulardagi bebaho meros va tarixiy qadriyatlar bilan yaqindan tanişiş imkoniyati yaratildi.

Safar davomida talabalar Özbekiston tarixining turli davrlariga oid yodgorliklar, arxitektura namunalari, madaniyat markazlari hamda tarixiy şaxslar hayoti bilan boğliq maskanlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega böldilar. Ekskursiya jarayonida ularga obyektlarning yaratiliş tarixi, ularning xalqimiz ma’naviy hayotidagi örni hamda bugungi kun yoş avlodi uçun qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani haqida tuşunçalar berildi.

Mazkur ma’rifiy taşrif nafaqat talabalar dunyoqaraşini kengaytirdi, balki ularda milliy merosga hurmat, tarixiy ongni mustahkamlaş va madaniy qadriyatlarga e’tiborni oşirişga xizmat qildi. Talabalar bu kabi taşriflar özlarining intellektual rivoji va ma’naviy boyişida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlaşdi.