Erkin va yunon-rum kuraş musobaqalarining respublika final bosqiçi bölib ötdi

18.12.20253

Erkin va yunon-rum kuraş musobaqalarining respublika final bosqiçi bölib ötdi

Buxoro davlat texnika universitetida yoşlar örtasida erkin va yunon-rum kuraş turlari böyiça “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqiçi ötkazildi.

     

1-kun: Yunon-rum kuraşi
Uşbu yönalişda respublikaning turli hududlaridan taşrif buyurgan 83 nafar yoş sportçi özaro kuç sinaşdi. Qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakuniga köra jamoaviy hisobda:
🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-örin
🥈 Jizzax viloyati jamoasi — 2-örin
🥉 Toşkent şahri jamoasi — 3-örin

    
2-kun: Erkin kuraş
Unda respublikaning barça hududlaridan kelgan 86 nafar yoş sportçi 8 ta vazn toifasida ğoliblik uçun kuraş olib bordi.
Bahslar yakuniga köra jamoaviy hisobda:
🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-örin
🥈 Xorazm viloyati jamoasi — 2-örin
🥉 Toşkent şahri jamoasi — 3-örin

    

Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlarga taşkiliy qömita tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovğalar, jumladan televizorlar topşirildi.