Gandbol böyiça yoşlar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi

19.12.20253

Gandbol böyiça yoşlar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi

Joriy yilning 12–18-dekabr kunlari Termiz şahrida gandbol böyiça 20 yoşgaça bölgan yigit va qizlar örtasida Özbekiston çempionati ötkazildi.

Musobaqa Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Özbekiston gandbol federatsiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ulligida taşkil etildi.

    

Bellaşuvlarda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va yurtimizning barça viloyatlaridan kelgan yoş gandbolçilar özaro bahs olib bordilar. Qizğin va hayajonli keçgan musobaqalarning final bosqiçi ham murosasiz kuraşlarga boy böldi.

     

Yigitlar örtasida: 
🥇 1-örin — TerDU talabalaridan iborat Surxondaryo jamoasi
🥈 2-örin — Toşkent şahri jamoasi
🥉 3-örin — Qoraqalpoğiston Respublikasi jamoasi

Qizlar örtasida: 
🥇 1-örin — Samarqand viloyati jamoasi
🥈 2-örin — Xorazm viloyati jamoasi
🥉 3-örin — Qoraqalpoğiston Respublikasi jamoasi

      

Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.