“Tejamkor energiya loyihalari” tanlovi ğoliblari taqdirlandi

22.12.20253

“Tejamkor energiya loyihalari” tanlovi ğoliblari taqdirlandi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Texnika fakultetida Elektrotexnika va energetika kafedrasi taşabbusi bilan “22-dekabr — “Energetiklar kuni” munosabati bilan taşkil etilgan “Tejamkor energiya loyihalari” mavzusidagi musobaqa öz yakuniga yetdi.

       

Tanlovda 8 ta jamoa özaro bellaşib, zamonaviy, innovatsion va energiya tejamkor qurilmalar hamda loyihalarini taqdim etdilar. Iştirokçilarning işlanmalari hakamlar hay’ati tomonidan nazariy va amaliy jihatdan atrofliça baholab borildi.

       

Tanlov yakunida eng yaxşi loyihalar mualliflari ğolib deb topilib, universitet tomonidan moddiy rağbatlantirildi.

1️⃣221-Elektr energetikasi guruhi talabalaridan iborat “Tesla” jamoasi "Zamonaviy vertikal gidroponika" işlanmasi uçun;
2️⃣251-Energetika muhandisligi guruhi talabalaridan iborat “Intellekt” jamoasi "Şamol şari" işlanmasi uçun;
3️⃣ 231-Elektr energetikasi guruhi talabalaridan iborat “Elektr ta'minotçilari” jamoasi "Turniket asosida avtanom yoritiş tizimlarini işlab çiqiş" işlanmasi uçun.

        

Mazkur tanlov talabalar orasida innovatsion fikrlaşni rivojlantiriş, energiya tejamkor texnologiyalarga qiziqişni oşiriş hamda kelajak energetik mutaxassislarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.