Pedagog-xodimlar uçun Prezident Murojaatnomasi yuzasidan öquv-seminar

08.01.20263

Pedagog-xodimlar uçun Prezident Murojaatnomasi yuzasidan öquv-seminar

 2026-yil 7-yanvar kuni tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Buxoro davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar hamda Maktabgaça va boşlanğiç ta’lim fakultetlari pedagog-xodimlari iştirokida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş va çuqur tuşuntirişga bağişlangan öquv-seminar bölib ötdi.

        

  Mazkur seminar davomida Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yönalişlar, xususan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantiriş, pedagog kadrlar salohiyatini oşiriş, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etiş, yoşlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini kuçaytiriş masalalari atrofliça tahlil qilindi. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida yuksaltiriş, fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlaş borasida belgilangan vazifalar seminar iştirokçilariga batafsil yetkazildi.

         

 Öquv-seminar jarayonida pedagog-xodimlarning Murojaatnomada ilgari surilgan ğoya va taşabbuslarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etiş, öquv-tarbiya işlarini yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida iştirokçilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, Murojaatnoma mazmunidan kelib çiqadigan vazifalarni amalga oşiriş böyiça tegişli tavsiyalar işlab çiqildi.

          

 Mazkur öquv-seminar pedagog-xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan strategik maqsad va vazifalarni çuqur anglaş hamda ularni amaliy faoliyatga tatbiq etişga xizmat qildi.