Urganç davlat universitetida professor-öqituvçilar uçun öquv seminarlar ötkazilmoqda

06.01.20263

Urganç davlat universitetida professor-öqituvçilar uçun öquv seminarlar ötkazilmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida talabalarning qişgi ta’tili davrida professor-öqituvçilarning kasbiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy ta’lim yondaşuvlarini joriy etiş hamda ta’lim sifatini yanada takomillaştiriş maqsadida universitetning barça fakultetlarIda öquv-seminarlar taşkil etilmoqda.

 Mazkur öquv-seminarlarda soha böyiça malakali mutaxassislar tomonidan öquv dasturlarini dunyoning TOP-300 oliy ta’lim muassasalari ta’lim dasturlari asosida maqbullaştiriş, ta’lim jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalaniş imkoniyatlari, kredit-modul tizimi asosida öquv jarayonini taşkil etişning zamonaviy mexanizmlari, HEMIS axborot tizimi bilan işlaş, uni amaliyotga töliq joriy etiş masalalari böyiça maşğulotlar olib borilmoqda.

Ta’kidlaş joizki, uşbu seminarlar professor-öqituvçilarning pedagogik mahoratini oşiriş, xalqaro ta’lim standartlariga mos raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş hamda universitetda ta’lim jarayonlarini yanada sifatli taşkil etişga xizmat qiladi.