Buxoro davlat pedagogika institutida iş va öquv jarayonlari yurtimiz timsoli bölgan davlat madhiyasini ijro etiş bilan boşlanadi. Uşbu taşabbus yoşlar qalbida vatanparvarlik va milliy ğururni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Şuningdek, har juma kuni institutda “Milliy liboslar kuni” nişonlanadi. Talabalar va xodimlar milliy kiyimlarda qatnaşib, xalqimizning qadimiy urf-odatlari, madaniy merosini tarğib etişga öz hissasini qöşmoqda.

Bunday taşabbuslar ta’lim muassasasi hayotida milliy qadriyatlarga hurmat, birlik va jamoaviy ruhni kuçaytirişga, yoşlarning ma’naviy dunyosini boyitişga xizmat qiladi.