Jizzax politexnika institutida “Rektor stipendiyasi” sovrindorlari hamda sport musobaqalari ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi

2025-yil 11-martdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yuriş va yuguriş akademiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoşlarni soğlom turmuş tarziga tarğib qiliş, ularni muntazam sport bilan şuğullanişga jalb etiş uçun “Talaba-yugur” köngillilar yuguriş sport musobaqasini ötkaziş tartibi töğrisida”gi 10-son Qöşma qarori qabul qilingan bölib, mazkur qöşma qarorga asosan bir yilda 2 marotaba bahorgi va kuzgi mavsumlarda “Talaba - yugur” köngillilar yuguriş sport musobaqasi ötkaziladi.
2025-yil 29-sentyabr kuni Jizzax viloyatida ötkazilgan “Talaba - yugur” köngillilar yuguriş sport musobaqasida Jizzax politexnika institutining 500 nafardan ortiq talaba-yoşlari faol iştirok etdi. Qöşma qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 28, 29, 30 va 31-bandlariga asosan talabalar orasidan kurslar kesimida 1-, 2- va 3-örinlarni egallagan egallagan (öğil va qiz bolalar böyiça alohida-alohida) 22 nafar talaba-yoş ğolib deb topildi. Jumladan, 1-örinni egallagan talaba-yoşlar 6 (olti) oy davomida bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizi miqdorida - 1 709 010 söm, 2-örinni egallagan talaba-yoşlar 4 (tört) oy davomida bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizi miqdorida - 1 139 340 söm, 3-örinni egallagan talaba-yoşlar 2 (ikki) oy davomida bazaviy stipendiya miqdorining 50 foizi miqdorida - 569 670 söm bilan “Rektor stipendiyasi” bilan rağbatlantirildi .

2026-yil 17-yanvar kuni “Talaba-yugur” köngillilar yuguriş musobaqalarida ğolib bölgan talaba-yoşlarni taqdirlaş marosimi tantanali ravişda ötkazildi. Taqdirlaş tadbirida institut rektori tomonidan talaba-yoşlarga vauçerlar berildi.
Tadbir “14-yanvar — Vatan himoyaçilari kuni” munosabati bilan ötkazilgan sport musobaqalari ğoliblarini taqdirlaş marosimiga ulanib ketdi.
Institutda Jismoniy tarbiya kafedrasi hamda “JizPI” sport klubi hamkorligida “Sportçi – yurt himoyaçisi” şiori ostida professor-öqituvçilar va xodimlar örtasida sportning voleybol, arqon tortiş, stol tennisi, şaxmat hamda şaşka turlari musobaqalari taşkil etilgan edi.
Mazkur sport musobaqalarida faol iştirok etib, ğoliblikni qölga kiritgan iştirokçilar hamda jamoalar institut Kasaba uyuşmasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.