Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida dekan örinbosarlari va tyutorlar uçun öquv seminari taşkil etildi.

Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida yoşlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltiriş hamda tarbiyaviy işlar samaradorligini oşiriş maqsadida “Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça ustuvor vazifalar” mavzusida öquv seminari taşkil etildi.
Seminar Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan yoşlar siyosatidagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlaş, şuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini samarali taşkil etiş zaruratidan kelib çiqib ötkazildi.

Mazkur seminarni Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktorning birinçi örinbosari S. Tavboyev oçib berdi. U özining kiriş sözida seminarni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad — filialda yoşlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni zamon talablari asosida taşkil etiş hamda dekan örinbosarlari va tyutorlarning mas’uliyatini oşirişdan iborat ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, ma’ruzada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yönalişlar atrofliça yoritildi. Xususan, yoşlar siyosatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ta’lim sifatini oşiriş, talaba-yoşlarning intellektual salohiyatini rivojlantiriş, ularni vatanparvarlik, mas’uliyat va faol fuqarolik ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida oliy ta’lim muassasasida soğlom ma’naviy muhitni mustahkamlaş, zararli ğoyalarga qarşi mafkuraviy immunitetni kuçaytiriş, tyutorlar va mas’ul xodimlarning bu boradagi vazifalari yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Şuningdek, talabalarning akademik faoliyatini baholaşda muhim bölgan GPA ballari, ularning hisoblaniş tartibi va ahamiyati haqida tuşunçalar berib ötildi.
Mazkur seminar iştirokçilar uçun tajriba almaşiş, bilim va könikmalarini oşirişga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi.