Andijon davlat texnika instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev Muhandislik iqtisodiyoti va boşqaruv fakulteti birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşdi.

Samimiy muloqot ruhida ötgan uçraşuvda barça sohalar qatori oliy ta’lim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, professor-öqituvçilar va talabalar uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, öz navbatida yoşlar uşbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda öqib-örganişlari, kelajakda Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşişlari lozimligi ta’kidlandi.

Şuningdek, institut rektorining talabalar bilan bevosita muloqot qilişi doimiy an’anaga aylangani, ularning taşabbus va takliflarini amaliyotga tatbiq etişga doimo tayyor ekani qayd etilib, yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan batafsil taniştirildi.

Uçraşuv davomida talabalar öz taklif va taşabbuslarini bildirib, öquv jarayonlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdilar.