Raqamli texnologiyalar va muhandislik yondaşuvlariga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziladi

2026-yilning 22–23-yanvar kunlari Toşkent şahrida joylaşgan D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining filialida “Fan va ta’lim tizimini rivojlantirişda raqamli texnologiyalar va muhandislik yondaşuvlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötadi.
Mazkur nufuzli anjuman Birlaşgan Millatlar Taşkiloti taşkil etilganining 80 yilligi hamda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinganiga bağişlanib, fan, ta’lim va innovatsion texnologiyalar sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilişga qaratilgan.
Konferensiya D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti, uning Toşkent şahridagi filiali, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Andijon davlat pedagogika instituti hamda Andijon davlat universiteti hamkorligida taşkil etilmoqda.
Anjuman doirasida raqamli texnologiyalar va injiniringning zamonaviy fan taraqqiyotidagi örni, sun’iy intellektning ijobiy va salbiy jihatlari, ta’lim tizimida raqamlaştirişning huquqiy hamda ijtimoiy-psixologik asoslari, şuningdek, texnik va gumanitar fanlarni öqitişda innovatsion yondaşuvlar kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda ta’lim sohasi mutaxassislari faol iştirok etişga taklif etiladi. Tadbir yakunlari böyiça ilmiy maqolalarning elektron töplami çop etilişi rejalaştirilgan.
Konferensiyada iştirok etiş oflayn va onlayn şakllarda amalga oşirildi.