ÖzJOKU jamoasi "Talabalar teatr studiyalari" tanlovida ğolib böldi

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Jurnalistika fakulteti talabalaridan taşkil topgan “Art Vision” teatr jamoasi har yili an’anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy saralaş bosqiçida 1-örinni qölga kiritib, keyingi bosqiçga yöllanma oldi.

Saralaş bosqiçida 4 ta oliy ta’lim muassasasi nomidan tajribali jamoalar qatorida Şarof Boşbekov qalamiga mansub “Temir xotin” spektakli bilan qatnaşgan ÖzJOKUning “Art Vision” jamoasi asardagi ijtimoiy muammolarni ta’sirçan sahna talqini orqali oçib bera oldi.
Aktyorlarning tabiiy ijrosi, sahna yeçimlari va badiiy yondaşuvi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Uşbu yutuq “Art Vision” teatr jamoasining izçil mehnati, jamoaviy hamjihatligi va san’atga bölgan yuksak e’tiborining yorqin natijasidir.