Halollik – bu faqat talab qilinadigan me’yor emas, balki şaxsiy ustunlik hamdir!

16.02.20263

Halollik – bu faqat talab qilinadigan me’yor emas, balki şaxsiy ustunlik hamdir!

Bugun Toşkent davlat tibbiyot universiteti Pediatriya kampusida navbatdagi “Kelajak soati” maşğuloti “Halollik vaksinasi” mavzusida ötkazildi.

Mazkur tadbirda tarix fanlari doktori, professor A.A. Mavrulov iştirok etib, mavzu yuzasidan mazmunli va ta’sirçan ma’ruza qildi.

      
Maşğulotning asosiy maqsadi talabalarda halollik, poklik, vijdonlilik va mas’uliyat tuşunçalarini çuqur anglaşni şakllantiriş, ularning kundalik hayotdagi ahamiyatini aniq misollar orqali tuşuntirişdan iborat böldi.

Dars davomida yolğon, firibgarlik, pora va aldov kabi notöğri xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari muhokama qilinib, halol yöl bilan ham muvaffaqiyatga erişiş mumkinligi dalillar bilan körsatib berildi.

Şuningdek, Özbekistonda halollikni tarğib etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va ma’naviy yuksaliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida tuşunça berilib, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati oçib berildi.

Maşğulot talabalarda halol yaşaşga intiliş, töğri qaror qabul qiliş, vijdon bilan hayot keçiriş va jamiyat taraqqiyotiga halol mehnati bilan hissa qöşiş motivatsiyasini kuçaytirişga xizmat qildi.

“Halollik vaksinasi” ğoyasi orqali yoşlarda şaxsiy “halollik immuniteti”ni şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.