TerDU talabalari xalqaro olimpiadada munosib natija qayd etdi!

27.01.20263

TerDU talabalari xalqaro olimpiadada munosib natija qayd etdi!

Buxoro davlat universiteti mezbonligida bölib ötgan nufuzli xalqaro kimyo va matematika fan olimpiadalarida (BIMO–2026 va BIÇO–2026)Termiz davlat universiteti talabalari ham faol iştirok etib, yuksak natijalarga erişdilar.

Xususan, kimyo yönalişidagi iqtidorli talabalarimiz 1 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritgan bölsa, matematika yönalişi talabalari ham aynan şunday natijani qayd etib, TerDU şarafini munosib himoya qildilar.

Ma’lumot örnida ta’kidlaş joizki, uşbu xalqaro olimpiadalarda 10 dan ortiq davlatdan 500 nafardan ziyod talabalar iştirok etdi. Bu esa erişilgan natijalarning naqadar yuqori va e’tiborga molik ekanidan dalolat beradi.

Olimpiadaning tantanali taqdirlaş marosimida talabalar bilan bir qatorda, ularni uşbu yutuqlarga yetaklagan professor-öqituvçilarimizga ham alohida ehtirom va hurmat körsatildi. Termiz davlat universiteti jamoasi öz iqtidorli talabalari va fidoyi ustozlari bilan haqli ravişda faxrlanadi!