Giyohvandlik – asr vabosi

Bugun, 17-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida "Fevral oyi – giyohvandlikka qarşi kuraş oyligi" doirasida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida profilaktik uçraşuv taşkil etildi. Unda universitet birinçi prorektori D.Ibadullayev, profilaktika inspektori, leytenant M.Bobojanov hamda viloyat IIB JQB xodimi J.Zaripov iştirok etdi.

Uçraşuv davomida giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligiga salbiy ta’siri, yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, zararli illatlardan ogoh böliş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan talabalarga giyohvandlik bilan boğliq huquqbuzarlik va jinoyatlar uçun javobgarlik, şuningdek, uşbu illatning oğir oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.