Farğona davlat texnika universiteti talabalari xalqaro olimpiadada faxrli örinni egalladi

05.02.20263

Farğona davlat texnika universiteti talabalari xalqaro olimpiadada faxrli örinni egalladi

Buxoro şahrida ötkazilgan nufuzli xalqaro olimpiadada 10 dan ortiq davlat hamda 100 dan ziyod jamoa iştirok etdi. Mazkur musobaqada Farğona davlat texnika universiteti talabalari munosib iştirok etib, kimyo va matematika fanlari yönalişida öz bilim va salohiyatlarini namoyon qilişdi hamda faxrli 3-örinni qölga kiritişdi.

Uşbu yutuqqa “Yoş kimyogarlar” va “Al-Farğoniy” jamoalari erişib, jamoa a’zolari diplom, kubok va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.

Kuni keça universitet Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Şoxrux Davlyatov talabalarni uşbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi öqiş va işlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

 Bu muvaffaqiyat — universitetimiz talabalari va ustozlarining ilmiy izlanişlari, fidokorona mehnati hamda yuksak salohiyatining amaliy natijasidir.