Andijonda “Eko-zakovat” intellektual turniri ötkazildi

09.03.20261

Andijonda “Eko-zakovat” intellektual turniri ötkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida yoşlar örtasida ekologik bilim va tafakkurni rivojlantirişga qaratilgan “Eko-zakovat” intellektual turniri bölib ötdi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-184-son qarori ijrosini ta’minlaş hamda ekologik madaniyatni keng tarğib qiliş maqsadida taşkil etildi.

Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengaşi Ijroiya qömitasi taşabbusi bilan ötkazilgan tadbir “Biz tabiat himoyaçilarimiz!” şiori ostida taşkil etilib, unda iqtidorli talaba-yoşlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda barqaror rivojlaniş masalalari böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar.

Turnir davomida jamoalar ekologiya va tabiatni asraşga doir dolzarb masalalar, sohadagi qonunçilik, global iqlim özgarişlari hamda Yaşil makon umummilliy loyihasining mazmun-mohiyatiga oid murakkab savollarga javob berib, özlarining bilim va mantiqiy tafakkurlarini namoyon etdilar.

         

Bahslar jarayonida soha mutaxassislari talabalarga ekologik madaniyatni şakllantiriş, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş hamda kundalik hayotda çiqindilarni saralaşning ahamiyati haqida muhim tavsiyalar berdilar.

Tadbirda sözga çiqqan Xurşidbek Yusupov, Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengaşi raisi, bunday intellektual loyihalar yoşlarning ekologik va siyosiy dunyoqaraşini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, mazkur taşabbus yoş avlodni mamlakatimizda amalga oşirilayotgan ekologik islohotlarning faol iştirokçisiga aylantirişga xizmat qiladi.

Qizğin va murosasiz keçgan bahslar yakuniga köra, barça şartlarda ustunlik körsatgan Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi faxrli 1-örinni qölga kiritdi.

Tadbir yakunida ğolib va sovrindor jamoalar, şuningdek, özining kreativ ğoyalari bilan ajralib turgan faol iştirokçilar Özbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengaşi tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari bilan tantanali ravişda taqdirlandilar.