Oliy ta’limda zamonaviy bilim va raqobatbardoş professional kompetensiyalar – ustuvor vazifa

Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan ötkazgan oçiq va samimiy muloqoti nafaqat yoşlarga katta imtiyoz va qulayliklarni taqdim etgan, balki mamlakatimiz ta’lim tizimi, xususan oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydigan tarixiy voqea böldi.
Muloqotda davlatimiz rahbari yurtimizdagi 22 milliondan ortiq yoşlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi örni va salohiyatini alohida ta’kidladi. Har yili 600 ming nafar yoş mehnat bozoriga kirib kelayotgani, yaqin yillarda bu körsatkiç 1 million nafarga yetişi prognoz qilinayotgani şaroitida ta’lim tizimining natijadorligi eng dolzarb masalaga aylanayotgani qayd etildi.
Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga qaratilgan qat’iy talab – bitiruvçining nafaqat diplom, balki munosib iş örni va barqaror daromadga ega bölişi zarurligi haqidagi fikr barça rektorlar uçun jiddiy mas’uliyat mezonini belgilab berdi. Bu talabni biz tizimni yanada takomillaştirişga qaratilgan aniq vazifa va işonç ifodasi sifatida qabul qilamiz.
Özbekiston Milliy universiteti uçun bu muloqot çuqur tahlil va yangiça yondaşuv bosqiçining boşlanişidir. Bugun oliy ta’lim muassasasi faqat bilim beruvçi maskan bölib qolmasligi, balki talabaning kasbiy kompetensiyasi, amaliy könikmasi va mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini ta’minlaydigan muhitga aylanişi şart.
Şu ma’noda, yoşlar örtasida tadbirkorlikka qiziqiş yuqori ekani, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini yölga qöyiş taşabbusi ilgari surilgani oliy ta’lim oldida yangi ufqlarni oçadi. Universitetimizda ham talabalarning startap taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, biznes könikmalarini şakllantiriş, amaliyot bazalarini kengaytiriş va iş beruvçilar bilan hamkorlikni kuçaytiriş ustuvor yönaliş sifatida belgilab olinadi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, birorta yigit-qiz e’tiborsiz qolmasligi kerak. Bu tamoyil universitetimiz faoliyatida ham boş mezon böladi. Har bir talabaning qiziqişi, salohiyati va kelajak rejasini inobatga olgan holda individual yondaşuv mexanizmlari kuçaytiriladi.
Kuni keça bölib ötgan oçiq va talabçan muloqot barçamiz uçun mas’uliyatni yanada teran his etişga çorlovçi muhim signal böldi. Özbekiston Milliy universiteti jamoasi uşbu mas’uliyatni çuqur his etgan holda, ta’lim sifatini oşiriş, bitiruvçilar bandligini ta’minlaş va yoşlarni zamonaviy bilim, raqamli texnologiyalar könikmalari hamda talab yuqori bölgan kasb-hunar bilan qurollantiriş borasida aniq çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Yoşlar – mamlakatimizning tayançi va ertangi kuni. Ularning işonçini oqlaş, ularga real imkoniyat yaratiş va natija uçun javob beriş – bugungi kunning eng ustuvor vazifasidir.
Inom Madjidov,
Özbekiston Milliy universiteti rektori.