Samarqandda rektorlar iştirokida oliy taʼlimni transformatsiya qiliş masalasi muhokama qilindi

2026-yil 15-mart kuni Samarqand davlat arxitektura-quriliş universitetida respublika oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan transformatsiya qilişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari örinbosari Ilhom Sirojev va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov farmon loyihasining strategik ahamiyati, uning oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini tubdan yangilaşdagi örni hamda sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqişdagi ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, mazkur hujjat orqali oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş va innovatsion yondaşuvlarni keng joriy etişga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangani taʼkidlandi.

Yiğilişda Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yuldaşev hamda vazirning birinçi örinbosari Sardor Rajabov farmon loyihasining asosiy yönalişlari, uni amalga oşiriş mexanizmlari va kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil taqdimot qildi. Taqdimotda universitetlar boşqaruvini takomillaştiriş, taʼlim sifati baholaş tizimini xalqaro talablar asosida rivojlantiriş, şuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni işlab çiqariş bilan uzviy boğlaşga qaratilgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Muhokamalar konstruktiv ruhda ötdi. Rektorlar tomonidan farmon loyihasida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oşiriş, oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş, ilmiy salohiyatni mustahkamlaş hamda universitetlarning xalqaro raqobatbardoşligini kuçaytirişga doir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan fikrlar farmon loyihasini yanada takomillaştiriş va uning amaliy samaradorligini taʼminlaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.