ÖzMU Jizzax filialida “Direktor kubogi” voleybol musobaqasi bölib ötmoqda

10.03.20261

ÖzMU Jizzax filialida “Direktor kubogi” voleybol musobaqasi bölib ötmoqda

Ayni kunlarda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş hamda yoşlarning sportga bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida “Direktor kubogi” uçun voleybol musobaqasi taşkil etilmoqda.

Mazkur musobaqa filial jamoasi va talabalari örtasida sport muhitini yanada rivojlantiriş, jamoaviylik ruhini mustahkamlaş hamda iqtidorli sportçilarni aniqlaşga xizmat qilmoqda. Musobaqada turli fakultet va yönalişlardan tuzilgan jamoalar özaro bellaşib, ğoliblik uçun kuraş olib bormoqda.

Qizğin va murosasiz bahslarga boy ötayotgan uşbu musobaqa talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş bilan birga, sport orqali döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşga ham xizmat qilmoqda.