“Biz giyohvandlikka qarşimiz” şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi

ÖzMU Tarix fakultetida “Biz giyohvandlikka qarşimiz” şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida keng tuşunça beriş hamda zararli odatlarga qarşi murosasiz munosabatni şakllantirişdan iborat böldi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan suratlar va videoroliklar tanlovi ötkazildi. Tanlov işlari orqali yoşlar giyohvandlikning jamiyat va inson hayotiga salbiy ta’sirini mazmunli va ta’sirçan tarzda yoritib berdilar. Fakultet dekani Alişer Möminov sözga çiqib, giyohvandlikning xavfli oqibatlari, uning yoşlar kelajagiga salbiy ta’siri hamda mazkur illatning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan profilaktik çora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Şuningdek, tadbir doirasida talabalar tomonidan sahnaviy körinişlar namoyiş etilib, musiqiy çiqişlar taşkil qilindi. Uşbu çiqişlar orqali soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va yoşlarni zararli odatlardan yiroq bölişga çorlaş ğoyasi ilgari surildi. Tadbir yakunida tanlov ğoliblari fakultet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Tadbirda universitet profilaktika inspektorlari hamda tibbiyot xodimlari ham iştirok etdilar.