Andijon davlat çet tillari instituti uçun ajratilgan maxsus pavilyonda bayram tadbirlari qizğin tus olgan.

Kuni keça Ingliz filologiyasi, öqitiş metodikasi va tarjimaşunoslik fakulteti jamoasi tomonidan taşkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy dastur barçaga haqiqiy bahoriy kayfiyat va bayramona ruh bağişladi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qöşiqlar, tarjimaşunoslik yönalişi talabalarining mahorati bilan boyitilgan badiiy çiqişlar hamda bahor taomlari körgazmasi yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Hozirda Yangi Andijon massivida viloyat miqyosidagi boş bayram sayliga jiddiy tayyorgarlik işlari davom etmoqda. Institutimiz jamoasi uşbu tantanada özining kreativ loyihalari va munosib iştiroki bilan qatnaşiş uçun sönggi tayyorgarlik işlarini amalga oşirmoqda.