“Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaşdir”

21-mart — Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan “Yangi Özbekiston” boği bayramona bezatilib, xalq sayllari, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizni aks ettiruvçi tadbirlar markaziga aylandi.
Şuningdek, bayram tadbirlari doirasida Namangan davlat universitetiga biriktirilgan pavilyonda ham alohida kötarinki muhit hukm surmoqda.
Pavilyonda universitet jamoasi tomonidan tayyorlangan körgazmalar, talaba-yoşlarning ijodiy işlari hamda milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvçi namoyişlar keng jamoatçilik e’tiboriga havola etilmoqda.