Buxoro innovatsiyalar universiteti talabalari xalqaro arenada munosib natija qayd etdi!

30.03.20263

Buxoro innovatsiyalar universiteti talabalari xalqaro arenada munosib natija qayd etdi!

 Matematika fanidan ötkazilgan xalqaro olimpiadada universitet talabalari 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalni qölga kiritib, yurtimiz şarafini munosib himoya qildilar.

Turkmanistonning Aşxobod şahrida 2026-yil 23–28-mart kunlari bölib ötgan "OMOUS–2026" VI Oçiq xalqaro matematika olimpiadasida universitet talabalari yuqori natijalarni qayd etdi.

Musobaqa yakunlariga köra, universitetning talabalari 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalga sazovor böldi.

 OMOUS olimpiadasi 2021-yildan beri Turkmaniston Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlaniş universiteti (IUHD) tomonidan taşkil etib kelinmoqda. Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalarning tabiiy iqtidori va salohiyatini rivojlantiriş, yoşlarni aniq fanlar hamda ilmiy izlanişlarga faol jalb etiş, şuningdek turli mamlakatlar talabalari örtasida döstona aloqalarni mustahkamlaşdir. Joriy yilgi olimpiadada 20 dan ortiq mamlakatdan 650 nafarga yaqin talaba iştirok etdi.

Mazkur natija oliy ta'lim muassasasida olib borilayotgan sifatli ta'lim va ilmiy salohiyatning amaliy ifodasi bölib, yoşlarni fan sari yönaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ğolib talabalarga keyingi musobaqalarda yanada yuqori natijalar tilaymiz!