ÖzDJTUda “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi

19.03.20262

ÖzDJTUda “Rahbar va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi

19-mart kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyida rektor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminoviç iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Tadbir litsey direktori Obidova Maxsudaxon Obidovna tomonidan olib borildi.

Tadbirni rektor oçib berdi va yoşlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning fikr va taşabbuslarini eşitiş har doim ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. 

Uçraşuv davomida eng faol talabalarning “Akademik litsey iftixori” va “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlanişi bölib ötdi. Talabalar öz fikr va takliflarini bildirdi, rektor esa ularni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanligini qayd etdi.

Mazkur tadbir yoşlar bilan muloqot qiliş, ularning taşabbuslari va kelajak rejalari bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi. Litsey talabalari uçun bunday uçraşuvlar nafaqat bilim oliş, balki öz salohiyatini namoyon etiş va kelajakka işonç bilan qadam taşlaş imkonini yaratadi.